Онлайн мурожаат

Коррупция ҳақида хабар бериш

Бекор қилиш Хабар бериш

Инклюзив ёндашув асосида коррупцияга қарши курашиш натижалари ва истиқболдаги режалар муҳокама қилинди

Батафсил
Инклюзив ёндашув асосида коррупцияга қарши курашиш натижалари ва истиқболдаги режалар муҳокама қилинди

Инклюзив ёндашув асосида коррупцияга қарши курашиш натижалари ва истиқболдаги режалар муҳокама қилинди

Батафсил
Инклюзив ёндашув асосида коррупцияга қарши курашиш натижалари ва истиқболдаги режалар муҳокама қилинди

13-14 iyun kunlari Shimoliy Makedoniyada “YEXHTning Iqtisodiy va Ekologik o‘lchovlar bo‘yicha Struga 2023 konferensiyasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun: Konferensiyada 57 ta ishtirokchi davlatning, xususiy sektor, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillariga YEXHT hududida keng qamrovli, umumiy, teng huquqli va ajralmas xavfsizlikni ta’minlash uchun ortib borayotgan muhim bo‘lgan yuqoridagi masalalar bo‘yicha mazmunli muhokamalar uchun platforma yaratildi. 

Ushbu tadbirning asosiy mavzusi “Barqaror rivojlanish, barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish orqali YEXHT mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” bo‘ldi.

Konferensiyada “Birgalikda samarali boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurash” masalasi alohida sessiyada muhokama qilindi.

Mazkur sessiya doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov “Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim elementi sifatida” mavzusidagi ma’ruzasida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’ruza davomida ishtirokchilarga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirilganligi, ushbu yo‘nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi tubdan takomillashtirilganligi, bu borada YEXHT bilan hamkorlik natijalari xorijiy ishtirokchilarga taqdim etildi.

Muhokamalar jarayonida ishtirokchi davlatlar tomonidan O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlari, davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash borasida sezilarli yutuqlarga erishilayotgani e’tirof etildi. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan muhim ma’lumotlarning ochiqlanishi, ular asosida jamoatchilik nazoratining o‘rnatilayotgani yuzasidan aniq mexanizmlarga qiziqish bildirildi.

Ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistondagi islohotlarning samaraci, xususan, huquqiy-konstitutsiyaviy asoslarning mustahkamlangani, ochiqlikka oid tamoyillar yangilangan Konstitutsiyada ham aks etgani va shu kabi amaliy choralar natijasi qator xalqaro reytinglarda, jumladan, “Open data watch” global ma’lumotlar barometri xalqaro tashkiloti, “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi”, “Open Data Inception” reytinglarida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etayotgani e’tirof etildi.

Бошқа янгиликлар

Барча янгиликлар