Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Koson tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ishlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari UmidaTuxtasheva boshchiligidagi ishchi guruh Koson tumanida “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Ishchi guruh Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qildi.

Shuningdek, markazga murojaat etgan fuqarolarning fikrlari o‘rganilib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

100-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganishda “GRACE” dasturi izchil amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lindi. Mas’ullar bilan muloqotda "Halollik to‘garaklari"ni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Dastur ijrosi doirasida tuman dehqon oziq-ovqat bozorida “Raqamli bozor” platformasi joriy etilmoqda, xususan, hozirga qadar bozor hududida 16 ta maxsus kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.

Ishchi guruh o‘rganishlarida bozor faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt asosidagi kuzatuv kameralarini o‘rnatish orqali shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

Tumani tibbiyot birlashmasidagi o‘rganishlarda xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, dori vositalarini elektron hisobga olish hamda ular harakatini to‘liq nazorat qilishga qaratilgan “DMED” axborot tizimi joriy etilgani qayd etildi.

Barcha tibbiyot muassasalari zamonaviy kompyuter texnikasi va 3D-skanerlar bilan jihozlanmoqda.

O‘rganish mobaynida tuman mahallalarida yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib etish maqsadida mahalla yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

O‘rganish yakunlari mas’ul ijrochilar ishtirokida muhokama qilinib, aniqlangan kamchilkilarni tezkor bartaraf etish, sohalarda raqamlashtirishni kengaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar