Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Joriy yilning 15-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi”ga shaxsiga oid maʼlumotlarni sir saqlashni so‘ragan holda fuqaro murojaat qilib, Quyichirchiq tumanida joylashgan umumtaʼlim maktabi mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiyaviy holatlar haqida xabar bergan.

Maʼlum bo‘lishicha, murojaatchi 2022-yilning dekabr oyiga qadar Quyichirchiq tumanida joylashgan umumtaʼlim maktabiga ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga kirishni so‘rab direktor o‘rinbosari “S.A.”ga murojaat qilganida undan pora berishini talab qilgan.

Agentlik maʼlumoti asosida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Quyichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda direktor o‘rinbosari “S” fuqaroning ingliz tili fani o‘qituvchisi lavozimiga qabul qilishga maktab direktori orqali hal qilib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aziz yurtdoshlar, agar siz faoliyatingiz davomida mansabdor shaxlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, Agentlikning “1253” raqamli “Call-markazi”ga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar