Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani ko‘rib chiqdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov axborot berdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarning amalga oshirilayotganligi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash hamda davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi joriy etildi. 89 ta vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Majlis mobaynida davlat xizmatiga “halollik vaksinasi”ni joriy etish tamoyilini hayotga tatbiq etish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, “Korrupsiyasiz soha” loyihalarining ijrosi va boshqa preventiv mexanizmlar bilan bir qatorda korrupsiya bilan bog‘liq ayrim muammo va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi. 

Shundan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda Milliy maʼruzada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha ilgari surilayotgan bir qator takliflar muhokama qilindi.  

Deputatlar tomonidan korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qilish, byudjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlari qonuniyligi yuzasidan o‘tkazilayotgan nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilindi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar