Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish boshqarmasi

Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish boshqarmasi  davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligini tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga o‘z vaqtida taʼsir choralari ko‘rilishini taʼminlaydi.

Xususan, boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda deklaratsiyalarning xaqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga o‘z vaqtida taʼsir choralari ko‘rilishini taʼminlash;

- Davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha taʼsirchan choralarni ko‘rish;

- Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiyalash yo‘nalishida o‘rganish va tahlillar o‘tkazish;

- Jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Boshqarma tomonidan 2024-yil davomida Project.gov.uz - Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan 34 ta normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, 17 ta korrupsiya omillari oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlariga munosabat bildirildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 1557 ta murojaat ko‘rib chiqilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib jami 1488 ta boshqaruv xodimlari tomonidan 1653 ta tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganliklari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha vazirlik va idoralarga 33 ta taqdimnomalar kiritildi hamda vazirlik va idoralar tomonidan xodimlarining tadbirkorlik subyektlar taʼsischiligidagi faoliyatini to‘xtatish choralarini ko‘rish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaslik va kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirilishi taʼminlandi.

Boshqa bo‘limlar