Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 9-10-oktabr kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga amaliy tashrifi amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun: Qatar davlati Transperancy International tashkilotining 2022-yil korrupsiyani qabul qilish indeksida 58 ball bilan 40-o‘rinni egallagan.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar davlatiga tashrifi davomida Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya aʼzolari tashrifning birinchi kuni Qatar Davlat audit byurosi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Qatar davlat audit byurosi bilan uchrashuv doirasida ikki davlat idoralari o‘rtasida davlat xaridlari sohasida qonuniylikni taʼminlash, moliyaviy nazorat tizimi, tender va auksionlarni tashkil etish hamda sohadagi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Qatar Davlat audit byurosi 1973-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, davlat idoralarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish hamda davlat xaridlari sohasida qonuniylikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan idora sanaladi.

Uchrashuv yakunida Byuro va Agentlik o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash, moliya, buxgalteriya sohasi vakillari, auditorlar va boshqa davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish, davlat xaridlari sohasida elektron dasturlar (Qatar - Archer GRC va O‘zbekiston - exarid.uz platformasi)ni solishtirish orqali ularni hamkorlikda takomillashtirish, Byuro hamda Agentlik xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Qatar tomoni Davlat audit byurosi va O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida idoralararo hamkorlik bitimini ishlab chiqish va imzolashni taklif etdi.

Shundan so‘ng Qatarning Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 1-2-oktabr kunlari ikki davlat rahbarlarining “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofotining taqdirlash marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga oid kelishuvini amalga oshirish hamda Agentlik va Markaz o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari va istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi “Qatar milliy nigohi – 2030” dasturi tamoyillariga sodiqligini uzluksiz taʼminlash va uni samarali amalga oshirish maqsadida 2011-yilda BMT bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Uchrashuvda Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, taqdirlash marosimining tashkiliy jihatlari, tayyorgarlik jarayonlari, targ‘ibot tadbirlari hamda taklif etiladigan ishtirokchilar doirasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tashrifning ikkinchi kuni Maʼmuriy nazorat va ochiqlik idorasi hamda Qatar davlat Bosh prokuraturasi rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Bosh prokuraturadagi uchrashuvda tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki, hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma hamkorlik loyihalari istiqbollari muhokama qilindi.

Maʼmuriy nazorat va ochiqlik idorasi rahbariyati bilan muhokamalarda idora tomonidan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktik chora-tadbirlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb etish, yoshlar uchun hamkorlikdagi loyihalarni ishga tushirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot uchun: Maʼmuriy nazorat va ochiqlik idorasi davlat organlarida halollik va oshkoralikka oid siyosatni muvofiqlashtirish, sohaga oid qonunchilik va boshqa mexanizmlarni ishlab chiqish, o‘qitish, davlat amaldorlarining salohiyatini oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik xabardorligini oshirish, xalqaro hujjatlarni mamlakat qonunchiligiga implementatsiyani qilinishini tashkshkil etishga masʼul hisoblanadi.

Shuningdek, davlat rahbarlari tashrifi jarayonida imzolangan ikki tomonlama memorandumni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda muhokama etilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifa va rejalar belgilab olindi hamda ularning ijro etilishidan har ikki tomon ham manfaatdor bo‘lishi qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar