Virtual qabulxona

Özbekistonning korrupsiyaga qarşi raqamli mexanizmlari xalqaro maydonda taqdim etildi

Asosiy yangiliklar 77 marta körilgan

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxanov Marokaş Qirolligining Marrakeş şahrida bölib ötayotgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş organlari xalqaro assotsiatsiyasining (IAACA) yillik konferensiyasida iştirok etdi.

Taşkilotning 20 yilligiga bağişlangan mazkur xalqaro tadbirda 100 dan ortiq mamlakatning korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari jam bölgan.

Konferensiyaning korrupsiyaga qarşi kuraşişda sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni qöllaşga bağişlangan yalpi sessiyasida Agentlik direktori Özbekistonning bu boradagi tajribasi, amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini taqdim etdi.

Xususan, “Raqamli komplayens” va “E-anticor.uz” platformalari orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktik çoralarni öz vaqtida köriş böyiça joriy etilayotgan raqamli mexanizmlar haqida maʼlumot berildi.

Şuningdek, IAACA doirasida raqamli yeçimlarni işlab çiqiş va joriy etiş, şuningdek, Assotsiatsiyaning mintaqaviy tadbirini Özbekistonda ötkaziş taşabbusi ilgari surildi.

Tadbirlar doirasida Agentlik direktori IAACA prezidenti Denni Vu hamda BMTning Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi rahbari Brigitte Strobel-Şou bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muloqotlarda özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qöşma taşabbuslarni kengaytiriş hamda 2027-yil dekabr oyida Toşkentda ötkaziladigan BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasiga a'zo davlatlar konferensiyasiga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, Marokaşning Halollik, korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş milliy organi raisi Mohamed Benalilu, Pokiston Milliy Hisobdorlik byurosi rahbari Nazir Ahmad Batt bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilib, uşbu idoralar bilan töğridan-töğri muloqotni yölga qöyiş, korrupsiyaning oldini oliş böyiça özaro tajriba almaşiş hamda hamkorlik böyiça hujjatlarni işlab çiqiş va imzolaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvlar yakunida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ilğor tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşirişning ustuvor yönalişlari belgilab olindi.

Öxşaş materiallar