Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Batafsil

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Dmitriy Mironov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo'yicha o'zaro fikr almashdilar. Shuningdek, sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Davlat xizmati, kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida bo‘lib, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimi bilan tanishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev bilan muzokaralar o‘tkazib, davlat boshqaruvi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Delegatsiya a'zolari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Rahbar kadrlarni baholash markaziga ham tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Markazda davlat xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish hamda ularning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash tizimi taqdimot qilindi. Mazkur tizim asosida hozirgi kunga qadar 800 nafardan ortiq turli bo'g'in rahbarlarining korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi baholangani ma'lum qilindi.

Delegatsiya vakillari, shuningdek, Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida aholi bandligi va turmush madaniyatiga qaratilayotgan e’tibor, “Mahalla yettiligi” faoliyati, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish choralari va ularning samaralari bilan yaqindan tanishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar