Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Fuqaro A.ning O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatidagi qonunbuzilishi holatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati asosida belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida ishchi guruh tomonidan Markaz faoliyati bilan bog‘liq bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan, ekin navlarini davlat reyestriga kiritish, ajratilgan tajriba yer maydonlaridan foydalanish hamda mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lovlarning undirilmaganligi, ish haqi va boshqa to‘lovlarni noto‘g‘ri to‘langanlik holatlari fosh etildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar