Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 24-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–11-son Farmonining mazmun-mohiyati va yaqin istiqbolda sud hokimiyati tizimida amalga oshirilishi ko‘zlangan islohotlarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Agentlik hamda Sudyalar oliy kengashi o‘rtasida sohada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish maqsadida 2022-yilda imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida o‘tkazilib kelinayotgan tadbirlarning navbatdagisidir.

O‘quv-seminarda Agentlik hamda Sudyalar oliy kengashining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda davlat rahbarining 2023-yil 16-yanvardagi PF–11-son Farmonida belgilangan vazifalar, undan ko‘zlangan maqsad, mediatsiya institutini rivojlantirish muammolari, sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olish, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, sudyaning daxlsizligi masalalarida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi, 2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi haqida ham batafsil taqdimot qilindi.

Tadbir davomida Agentlik xodimlari tomonidan sud hokimiyati sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 


Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar