Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Ochiqlikni taʼminlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari hamda Open Data Charter ijrochi direktori Nataliya Karfi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Agentlik vakillari tomonidan mamlakatimizda davlat idoralari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, jumladan, PF-6247-son Prezident Farmoni asosida 43 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning muntazam ravishda ochiq e’lon qilib borilishi hamda “Ochiqlik indeksi” yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

N.Karfi O‘zbekistonning ochiqlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan islohotlarini yuqori baholab, ushbu yondashuvni xalqaro amaliyotda e’tirof etilayotgan samarali va ilg‘or tajriba sifatida qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, “Ochiqlik indeksi”ni baholash amaliyoti dunyoda sanoqli davlatlarda joriy etilgan bo‘lib, hozirda faqat Chili va O‘zbekiston ushbu mexanizmdan samarali foydalanmoqda. U, shuningdek, Xalqaro “Ochiq ma’lumotlar xartiyasi” (ODC) vakili sifatida o'zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda “Ochiqlik indeksi” metodologiyasini takomillashtirish, ayni jarayoniga mustaqil OAV va NNT vakillarini keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Ochiqlik indeksi”ni baholash metodologiyasini takomillashtirish, unga mustaqil OAV hamda NNT vakillarining fikr va takliflarini kiritish masalasini o‘rganish, shuningdek, “E-learning” ta’lim platformasidagi “Ochiq ma’lumotlarga kirish” va “Ochiqlik bo‘yicha davlat siyosati” mavzularini yanada takomillashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: Ochiqlik bo‘yicha Open Data reytingida O‘zbekiston 138 pog‘onaga ko‘tarilib, jahonda 11-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni saqlab kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar