Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 5-may kuni Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari ishtirokida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi” mavzusida tashkil etilgan seminar mashg‘uloti doirasida muhim masalalar muhokama qilindi.

Seminar davomida “Ochiqlik indeksi”ni baholash tizimining joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish kabi qator mavzular yuzasidan fikr almashildi. Ushbu masalalarga oid qonun va qonunosti hujjatlari ijrosi holati ko‘rib chiqildi.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan ochiqlik indeksining 2022-yildagi natijalari tahlil qilindi. Hududiy hokimliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, o‘tgan yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan jami 245 ta sessiya o‘tkazilgan. Ulardan faqatgina 61 tasi, yaʼni 25 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Shuningdek, tadbirda kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan “E-qaror” elektron tizimida mavjud hujjatlar mazmunining jamoatchilik uchun ochiqligi holati tahliliga oid maʼlumotnomaga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yashirin qarorlar foizi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli hududlar kengash aʼzolariga mazkur holatni tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar berildi.

Mashg‘ulot davomida hududiy kengash aʼzolarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar