Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi direktori Zandraa Dashdavaa o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Ta'kidlanishicha, Mo‘g‘uliston hukumati tomonidan 2023-yildan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni fosh etish, xorijga noqonuniy yo‘l bilan chiqib ketgan mansabdor shaxslarni qaytarish hamda davlat boshqaruvi tizimini yanada shaffoflashtirishga qaratilgan kompleks islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Shisha” (Glass) operatsiyasi doirasida tog‘-kon sanoatiga oid barcha litsenziyalar, davlat xaridlari hamda yer ajratish bilan bog‘liq ma‘lumotlar to‘liq raqamlashtirildi va ochiq tizimga o‘tkazildi. Shuningdek, “E-Mongolia” elektron platformasining joriy etilishi natijasida 1000 dan ortiq davlat xizmatlari raqamli formatga o‘tkazilib, fuqarolar uchun xizmatlar ko‘rsatish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi.

Muloqot mobaynida bu kabi islohotlar davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish, inson omilini minimallashtirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldindan bartaraf etishga qaratilgan tizimli yondashuvning muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etildi.

Muzokaralar yakunida ikki idora o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:

– korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or tajriba va amaliyotlar almashinuvi;

– korrupsiyaviy xavflarni baholash va preventiv mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik;

– qo‘shma treninglar, o‘quv tashriflari va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish va boshqalar.

Muloqotda o‘zaro hamkorlikning huquqiy va amaliy asoslarini yanada takomillashtirish har ikki tomon uchun ham manfaatli va samarali ekani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, muhokama qilingan yo‘nalishlar doirasida yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar