Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

- Davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi bo‘yicha yangi tartiblarga oid Nizom tasdiqlandi.

- 30 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 23 tasida 39 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

      Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

62 ta vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari reyting baholashdan o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgan ochiq tanlovlar

  • O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi migratsiya agentligida

  • Raqamli texnologiyalar vazirligida

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida

  • Madaniy meros agentligida

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida

  • “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi yuzasidan

  • vazirlik idoralarga 34 ta (14,4 mlrd so‘mlik) taqdimnoma kiritilgan;

  • Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 17 ta (6 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma;

  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 9 ta (37 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

Murojaat bilan ishlash yo‘nalishida

Murojaatlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan vazirlik va idoralarga  2 ta taqdimnoma, HMQ va boshqa organlarga 5 ta so‘rovnoma yuborildi. Natijasi bo‘yicha 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jami 243 ta (shundan 26 tasi Call markaz orqali) murojaatdan:

  • 208 tasi ko‘rib chiqilgan (35 tasi ko‘rib chiqilmoqda)

  • 11 tasi ijobiy hal etilgan

  • 61 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan;

  • 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;

  • 1 tasi maʼlumot uchun qabul qilingan;

  • 131 tasi vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan soha va yo‘nalishlar

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 31 ta (12,8%);

- sud qarorlaridan noroziliklar 29 ta (12,0%);

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 20 ta (8,2%);

- yer masalasida 19 ta (7,8%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 16 ta (6,6%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilishi holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 13 ta (5,3%); v.b.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash

  • 29 mart

  • Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

  • 29 mart

  • 86 ta vazirlik, idora va muassasalarning 2022 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.

  • Farg‘ona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Farg‘ona viloyat hokimligida  ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasini 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

  • Jamoatchilik kengashi faoliyati

  • 2023-yil davomida vazirlik yoki idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha axborotini eshitish reja jadvali tasdiqlandi.

    Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ishlash

    Agentlik tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)  uchun taqdim etilgan loyihalar to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi taqdimot qilindi.

    Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar

  • 1 mart

  • Agentlik va Sloveniya Korrupsiyaning oldini olish komissiyasi vakillari o‘rtasida;

  • 3 mart

  • Agentlik va Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik o‘rtasida;

  • 9 mart

  • Agentlik va BMT GJB vakillari o‘rtasida;

  • 10 mart

  • Agentlik va Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida;

  • 10 mart

  • Agentlik va Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari va Yevropa Kengashi aksilkorrupsiya loyihasi vakillari o‘rtasida;

  • 11 mart

  • Agentlik vakillari va Yaponiyaning Doshisha universiteti professori Eyji Oyamada o‘rtasida;  

  • 27 mart

  • Agentlik hamda Latviya Respublikasi delegatsiyasi, ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati vakolatxonasi vakillari o‘rtasida;

  • 28 mart

  • Agentlik hamda Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  va Davlat xizmatlari agentligi vakillari o‘rtasida.

    Xalqaro seminar-trening

  • 29-31 mart

  • Agentlik, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti hamkorligida fuqarolik jamiyati institutlari uchun uch kunlik xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

    Xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan xizmat safarlari

  • 14-20 mart

  • Agentlik direktori A.Burxanovning Yaponiyaga xizmat safari;

  • 14-17-mart

  • Bangkok shahrida “Oliy nazorat organlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish” mavzusiga bag‘ishlangan mintaqaviy seminarda Agentlik vakili ishtirok etdi.

  • 20-22-mart

  • Agentlik delegatsiyasining Sloveniyaga xizmat safari.

    OAV hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar

  • 160 marotabadan ortiq material eʼlon qilindi:

  • Agentlik rasmiy veb-saytida - 32 ta;

  • Telegram sahifasida - 29 ta;

  • Telekanallarda - 18 ta;

  • Internet saytlari, blogerlik sahifalarida - 88 tadan ziyod.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar