Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022-yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan taʼminotchilarga o‘tkazilgan ayrim holatlarda kreditlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Agentlik tomonidan Bosh prokuraturaga yuborilib, prokuratura organlari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha “B” MCHJ rahbari J.X. bir nechta fuqarolar bilan shartnoma tuzib, tovarlar yetkazib berilmagan bo‘lsada soxta elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirib, fuqarolarga ajratilgan 163 mln.so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, “B” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar