Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” qo'shma loyihasi Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: Loyiha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti hamda Latviyaning Moliya va shartnoma markaziy agentligi (CFCA) hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda 2026-yilga rejalashtirilgan amaliy harakatlar muhokama qilindi.

O‘tgan yili loyiha doirasida Transparency International bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Milliy halollik tizimini baholash yakunlandi. Toshkent va Samarqandda NNTlar uchun davlat xaridlari va ochiq ma‘lumotlar bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 115 nafar jurnalist va bloger surishtiruv jurnalistikasi usullari, raqamli xavfsizlik hamda maʼlumotlar bilan ishlashning huquqiy jihatlari o‘qitilib, 15 nafar eng faol ishtirokchi uchun mentorlik va grant dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Qayd etilganidek, joriy yilda ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani tahlil qilinib, xalqaro hujjatlar normalarining milliy qonunchilikka implementatsiyasi o‘rganiladi.

Shuningdek, OAV hamda jamoatchilik faollarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi salohiyatini oshirish faol davom ettiriladi.

Muhokamalar yakunida ushbu saʼy-harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha vazifa va maqsadlar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar