Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 8-avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Namangan viloyati hokimligi tomonidan Davlatobod tumani hokimligida tumanda “Korrupsiyasiz hudud” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosining muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun: 2021-yildan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlatobod tumanida jamoatchilik, mahalliy va xorijlik yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda eksperiment tariqasida “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Loyiha orqali hududda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillar va muammolarni o‘rganish, kompleks yondashuv asosida ushbu korrupsiogen faktor va muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish, fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish, loyihani amalga tatbiq qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi bir qator muhim maqsad va vazifalar belgilangan.

Yig‘ilishda tuman sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yo‘l xarita”si doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

Shundan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Z.Qo‘chqarov ayrim bajarilmagan topshiriqlar ijrosini taʼminlash bo‘yicha Agentlik tomonidan masʼul ijrochi tashkilotlarga amaliy ko‘mak va zarur tavsiyalar berib kelinayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Muhokamalar yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi maqsad-vazifalar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar