Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug'i bilan “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi: 

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladigan xizmat safarlari; 

  • xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar; 

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘a olishi mumkin.

O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;

  • davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;

  • sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;

  • sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;

  • manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovg‘a olishi taqiqlanadi. 

Nizom  davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovg‘a olishiga ruxsat bermaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati


Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar