Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida, Asaka tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 231614-sonli lot bo‘yicha 620 575 000,0 so‘mlik umumiy ovqatlanish (autsorsing) xizmati uchun 2023-yil 27-fevral kuni o‘tgan davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (Raqobat va xolislik prinsipi)23-moddasi ( Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) 14-moddasi (Manfaatlar to‘qnashuvi)42-moddasi (Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) va 46-moddasi (Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi, jumladan davlat xaridlarida ishtirok etgan talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni o‘zaro affillanganligi holatlari mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur davlat xaridi bo‘yicha Xarid komissiyasi tomonidan foydalangan kompyuterlarning IP-manzillari maʼlumoti o‘rganilganda xarid komissiyasi raisi, aʼzolari (ovoz berib baholash vakolatiga ega) va komissiya kotibi 2023-yil 27-fevral kuni soat 09:28 dan 09:38 gacha, yaʼni o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ichida IP-manzili bir kishiga tegishli bo‘lgan kompyuter orqali boshqarilib, xarid natijalari baholanganligi va bayonnoma rasmiylashtirilganligi, shuningdek xaridda ishtirok etib g‘olib deb topilgan “Z.A” MCHJning hujjatlari ham Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga tegishli bo‘lgan (foydalangan) kompyuterning IP-manzili orqali maxsus elektron platformaga yuklanganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.

Asaka tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2023-yil 2-mart kuni Agentlikka taqdim etilgan 01/131-sonli xatga ko‘ra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, Xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilinganligi maʼlum bo‘ldi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar