Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Hashar azaldan xalqimizda hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida qaraladi.Bu xayrli tadbir orqali Ona tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhit muhofazasi va tozaligini taʼminlashga faol hissa qo‘shish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mehnat jamoasida ham anʼanaga aylangan.

Xususan, bugun Agentlikda o‘tkazilgan hashar tadbirida Agentlik binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Agentlik hududida yaratilgan ko‘rkam va mo‘jazgina bog‘ hamda Agentlik binosi atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Agentlik jamoasi bu yil "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida ham bu kabi ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish tadbirlarini davom ettirishni maqsad qilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar