Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Joriy yilning 29-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov referendumning xalqaro kuzatuvchilari sifatida tashrif buyurgan Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Xaruo Saburi va universitet professori Katsuya Ichixashilarni qabul qildi.

Uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlar, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek Nagoya iqtisodiyot universiteti hamda Agentlik o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Xaruo Saburi referendumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini yuqori baholadi va referendum tadbirlarida faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Agentlik, Nagoya iqtisodiyot universiteti va JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) o‘rtasida hamkorlik loyihasini ishga tushirish masalalari muhokama etildi. Universitet tomonidan loyiha dasturini ishlab chiqishda, xalqaro ekspertlarni jalb qilishda, trening va seminarlarni tashkil etishda ekspertlik yordamini ko‘rsatish kabi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda yaqin hamkorlikni olib borish, birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar