Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

“Toshkent-donmahsulotlari” AJ buyurtmachiligida 2023-yil 23-iyun kuni “Yuk tashish xizmati ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan 500,0 mln so‘mlik davlat xaridida qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, davlat xaridida ishtirok etgan ikki talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va aʼzolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning:

➖10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);

➖14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi);

➖46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023-yil 6-iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan “Toshkent-donmahsulotlari” AJ tomonidan 24-iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish

agentligi Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar