Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

Batafsil
XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

Batafsil
XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

Batafsil
XJV missiyasi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya siyosatidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalarini telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishni taʼminlash belgilangan.

Shunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur tartibning mahalliy kengashlar tomonidan 2022-yil davomida ijro etilishi holatini tahlil qildi.

O‘rganish davomida Kengashlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi ko‘rib chiqildi. Bunda sessiyalar to‘g‘risida eʼlon qilingan qisqa xabarlar yoki foto va videoreportajlar farmon talablari ijrosini taʼminlamaganlik sifatida baholandi. Shuningdek, masofaviy monitoring tartibida translyatsiyalarning sifati va to‘liqligi o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2022-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan jami 245 ta sessiya o‘tkazilgan. Ulardan faqatgina 61 tasi, yaʼni 25 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Misol uchun, xalq deputatlari Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar kengashlari tomonidan 2022-yil davomida o‘tkazilgan birorta sessiyalar jonli efirga uzatilmagan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarining onlayn efirga uzatilish holati
(2022-yil davomida)

Hududlar

(Viloyatlar)

O‘tkazilgan sessiyalar soni

Efirga uzatilgan sessiyalar soni

Jonli efirga uzatilmagan sessiyalar

Jizzax viloyati 

11

0

11 (100%)

Toshkent shahar 

22

0

22 (100%

Namangan viloyati

7

0

7 (100%

Xorazm viloyati 

17

0

17 (100 %)

Farg‘ona viloyati

13

0

13 (100%)

Surxondaryo viloyati 

24

1

23 (96%)

Qashqadaryo viloyati 

18

3

15 (83%)

Andijon viloyati 

14

4

10 (71%)

Toshkent viloyati 

22

4

18 (82%)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

15

7

8 (53%)

Sirdaryo viloyati 

14

8

6 (43%)

Navoiy viloyati 

17

9

8 (47 %)

Samarqand viloyati 

26

11

15 (54%)

Buxoro viloyati 

25

14

11 (44 %)

 

Jami

245

61

184 (85 %)

 

Shuningdek, o‘rganish davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holati ham tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, 2022-yil davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan Respublika bo‘yicha jami 3 154 ta sessiyalari o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan faqatgina 750 tasi, yaʼni 24 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida 13 ta (O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Toshkent t., Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Quyichirchiq, Parkent, Angren, Chirchiq, Nurafshon, Yangiyo‘l), Andijon viloyatida 8 ta (Andijon t., Jalaquduq, Baliqchi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Asaka, Buloqboshi), Buxoro viloyatida 6 ta (Shofirkon, Kogon, Peshku, Romitan, Jondor, G‘ijduvon), Qashqadaryo viloyatida 6 ta (Shahrisabz, Dehqonobod, Muborak, Qarshi shahar, G‘uzor, Nishon), Navoiy viloyatida 4 ta (Tomdi, Xatirchi, Konimex, Navbahor), Namangan viloyatida 4 ta (Chortoq, Chust, Kosonsoy, Uychi), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta (Qo‘ng‘irot, Beruniy, Bo‘zatov), Xorazm viloyatida 3 ta (Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Xiva sh.), Surxondaryo viloyatida 2 ta (Denov, Sariosiyo), Samarqand viloyatida 1 ta (Qo‘shrabot) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari umuman jonli translyatsiya qilmagani maʼlum bo‘ldi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati
(2022-yil davomida)

Hudud (tuman, shahar)

O‘tkazilgan sessiyalar soni

Efirga uzatilgan sessiyalar soni

Jonli firga uzatilmagan sessiyalar soni

Jizzax viloyati

25

0

25 (100%)

Toshkent shahar

235

0

235 (100%)

Namangan viloyati

119

5

114 (96%)

Farg‘ona viloyati

316

6

310 (98%)

Andijon viloyati

176

6

170 (97%)

Qashqadaryo viloyati

182

29

153 (83%)

Navoiy viloyati

175

31

144 (82%)

Sirdaryo viloyati

168

51

117 (70%)

Toshkent viloyati

402

54

348 (87%)

Buxoro viloyati

267

66

201 (75%)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

254

67

187 (74%)

Xorazm viloyati

219

71

148 (68%)

Surxondaryo viloyati

215

123

92 (43%)

Samarqand viloyati

401

241

160 (40%)

 

Jami

3 154

750

2 404 (76%)

 

  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar