Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Подробнее
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Подробнее
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Korrupsyaga qarshi kurashish agentligi Ishchi guruhi vakillari Navoiy viloyatidagi o‘rganishlar mobaynida 27 sentyabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida dunyodagi eng yirik oltin konlardan biri – “Muruntov” koni hamda 2-gidrometallurgiya zavodida bo‘ldi.

Vakillarimiz “Muruntov” konida oltin tarkibli maʼdan qazib olish jarayoni hamda 2-GMZda joylashgan Markaziy kon boshqarmasida ishlab chiqarishning raqamlashtirilgan yagona boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi. 

Mazkur markazning asosiy vazifasi geologik-qidiruv ishlari, maʼdanni qazib olish, tashish va gidrometallurgiya zavodlarida qayta ishlash jarayonlarini to‘liq kuzatib borish, tahlil qilish va boshqarishdan iboratdir.

Ishchi guruh vakillari Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada raqamlashtirilgani va korxonada zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etilganligiga guvoh bo‘ldi.   

Viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar mobaynida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati misolida oliy taʼlim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish  holati ham ko‘rib chiqildi. 

Institut rahbariyati va  masʼul xodimlar bilan muloqotda  taʼkidlanishicha, oliy taʼlim muassasida  korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar, jumladan, Institut xodimlari va talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. 

A.Burxanov korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni kuchaytirishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari sifatini oshirish va izchil davom ettirish zarurati  yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости