Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

Oylik hisobot 2024

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024 yilning

aprel oyidagi faoliyati natijalari

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

 “Poytaxt bank” AJga komplayens nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga nomzodni ishga qabul qilinganligi bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi.

Quyidagi idora va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati rahbari lavozimlariga ochiq tanlovlar o‘tkazildi:

·        Transport vazirligi

·        O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi

·        Andijon, Buxoro viloyati hokimliklari

·        “El-yurt umidi” jamg‘armasi

·        O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

·        “Uzbekistan Airways” AJ

Maktabgacha va maktab talimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassislari faoliyati o‘rganildi. 

 26 ta holatda 176,8 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan davlat xaridlarini o‘rganish natijasida:

    -vazirlik-idoralarga 27 ta (176,8 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;

    -huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 26 ta (176,8 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

-yuborilgan so‘rovnomalar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 11 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi.

- taqdimnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan 10 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tahlili

Jami 391 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan:

363 tasi ko‘rib chiqildi

2 tasi qanoatlantirilgan

49 tasi belgilangan tartibda tugatilgan

2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan

80 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi

230 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

28 tasi ko‘rib chiqilmoqda

“Call-markazi” – 1253 ga kelib tushgan 134 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida:

17-18 aprel

Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi  ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasiga;

19-22 aprel

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari D.Raximov rahbarligidagi ishchi guruhning Buxoro viloyatiga xizmat safari tashkil etildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati bo‘yicha

4-aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari ko‘rib chiqildi.

16-aprel

Agentlikda BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasining muhokamasi o‘tkazildi. 

18-aprel

Davlat boshqaruvi akademiyasida Agentlik direktorining o‘rinbosari U.Tuxtasheva (67 nafar) NNT rahbarlari bilan uchrashdi.

30-aprel

 Agentlik va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum hamda Memorandum ijrosi yuzasidan 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi imzolandi

18-aprel

Agentlik direktori Akmal Burxanov Nukus shahrida qoraqalpoq yoshlari bilan uchrashdi.

#Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida
18-19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 25-27 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatidagi yoshlar uchun treninglar tashkil etildi.

27-aprel

Ohangaron shahridagi 9-son maxsus harbiy maktabda “Halollik posbonlari: korrupsiyaga qarshi taʼlim va harbiy vatanparvarlik orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida  

2-5 aprel

O‘zbekistonda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Aksilkorrupsiya tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringi o‘tkazildi.

17-aprel

Agentlik va INLning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda aksilkorrupsiya loyihalarini ishga tushirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib  o‘tdi.

18-aprel

Agentlik va Yevropa Kengashi, BMT GJB o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokamasi bo‘yicha (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

18-aprel

Agentlik, Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida ishlab chiqilgan “O‘zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

30-aprel

Agentlik va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi vakillari o‘rtasida so‘nggi  yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan aksilkorrupsiya islohotlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

30-aprel

Agentlik va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari o‘rtasida “Investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash” texnik ko‘mak loyihasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xorij tajribasini o‘rganish bo‘yicha

2-5-aprel

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi D.Raxmatov delegatsiyaning Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida Fransiyaga xizmat safari amalga oshirildi.

22-26 aprel

Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya va Finlyandiya aksilkorrupsiya siyosati bilan yaqindan tanishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yilning

mart oyidagi faoliyati  natijalari

Tahliliy faoliyat

davlat organlari va tashkilotlari huzurida tashkil etilgan

jamoatchilik kengashlari faoliyati;

2023-yil ikkinchi yarmida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi  holati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli idoralarga maʼlumot kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

95 ta davlat tashkilotining 2023 yil faoliyati bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassislari faoliyati tanqidiy o‘rganildi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining Komplayens-nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi. 

O‘rganishlar hamda davlat xaridlari sohasidagi masofaviy monitoring natijalari 

22 ta holatda 29,5 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan davlat xaridlarini o‘rganish natijasida:

- vazirlik-idoralarga 22 ta (29,5 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) 21 ta (18,6 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

So‘rovnomalar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 15 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi.

Taqdimnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan 22 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida

Jami 287 ta murojaat kelib tushdi, shundan:

35 ta si ko‘rib chiqilmoqda;

252 tasi ko‘rib chiqildi:

57 tasi belgilangan tartibda tugatildi

40 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi

155 tasi  tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirildi.

Eng ko‘p murojaat keklib tushgan soha va yo‘nalishlar:  sud qarorlaridan noroziliklar 13 ta (15%);

surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 27 ta (9,4%);

tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 19 ta (6,6%);

kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 26 ta (7,7%).

Agentlikning “Call-markazi” – 1253ga  yo‘llangan 101 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi, shundan 12 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash bo‘yicha

2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi shakllantirildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida

5-mart kuni 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida Agentlik direktori Akmal Burxanov  viloyatning faol yoshlari bilan uchrashdi. 

Xalqaro hamkorlik doirasida

Quyidagi uchrashuvlar o‘tkazildi:

7-mart

Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida;

14-mart

Agentlik, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida (onlayn);

15-mart

Agentlik hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aksilkorrupsiya tarmog‘ining (IHTT AKT) Istanbul harakatlar dasturi 5-bosqich monitoringining Boshqaruv guruhi ekspertlari o‘rtasida (onlayn);

15-mart

Agentlik va BMT GJB Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida (onlayn);

27-mart

Agentlik va Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Ko‘rfaz mintaqasi vakillari o‘rtasida.

Xorij tajribasini o‘rganish

5-7-mart

BMT GJB taklifiga asosan Agentlik delegatsiyasining Avstriya Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi.

25-28-mart

Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha Global Forumda ishtirok etdi.

26-27-mart

Agentlik delegatsiyasi Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan Markaziy Osiyoda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platforma doirasida “Yuqori axloqiy meʼyorlarni rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish” mavzusidagi ikki kunlik mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.

AOKAda quyidagi mavzularda brifinglar o‘tkazildi:

25-mart

Korrupsiyaga oid jinoyatlar tahlili

28-mart

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida 2023 yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining reyting baholash natijalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yilning

fevral oyidagi faoliyati natijalari

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bilan bog‘liq tahliliy faoliyat

Quyidagi soha va yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borilib, natijalari yuzasidan Prezidenti Administratsiyasi va boshqa tashkilotlarga tahliliy maʼlumot kiritildi: 

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bilan bog‘liq jarayonlar

xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan foydalanish jarayonida ochiqlik va oshkoralikning taʼminlanishi

hududlar, sohalar va vazirliklar kesimida korrupsiya darajasini reyting baholash

Jizzax viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarida ochiqlikka oid normativ huquqiy-hujjatlarning ijro etilishi holati

O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalari

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

5-6 fevral

Komplayens-nazorat tuzilmalari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi 

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning Komplayens xizmati yetakchi inspektori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha oich tanlov o‘tkazildi

HMQOlarga 4 ta so‘rovnoma yuborildi, 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘rganishlar hamda davlat xaridlari sohasidagi masofaviy monitoring natijalari

11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘rganish natijasida:

vazirlik-idoralarga 26 ta (11,1 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 26 ta (11,1 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

so‘rovnomalar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 1 ta jinoiy, 2 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi;

taqdimnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 21 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi

Murojaatlar bilan ishlash 

Kelib tushgan jami 334 ta murojaatdan 265 tasi ko‘rib chiqilishi taʼminlangan, 69 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning:

4 tasi qanoatlantirilgan

52 tasi belgilangan tartibda tugatilgan

71 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan

138 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan soha va yo‘nalishlar:

sud qarorlaridan noroziliklar 41 ta (12,2%);

surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 31 ta (9,2%);

kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 26 ta (7,7%);

tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 25 ta (7,4%);

taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 21 ta (6,2%);

prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 19 ta (5,6%);

“Call-markazi” – 1253 217 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash sohasida

Jizzax viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarida ochiqlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi holati o‘rganilib, natijasi Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi hamda ushbu jarayonlarda ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanish holati bo‘yicha Andijon va Sirdaryo viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati bo‘yicha

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024 yil 1 yarim yillik ish rejasi tasdiqlandi

7-fevral

Toshkent viloyat va Toshkent shahar hududiy kengashlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha (onlayn) yig‘ilish;

23-24 fevral

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining o‘rnini oshirish” mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi.

Agentlik rahbarityai va masʼul xodimlari quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi:

6-fevral

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan Besa Global ijrochi direktori, “Korrupsiya, odil sudlov va qonuniylik” dasturi rahbari Shayen Sharbatke va “Mintaqaviy muloqot” XNT vakillari bilan uchrashuvda;

15-fevral

Adliya vazirligida o‘tkazilgan “Qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti” mavzusidagi o‘quv-seminarida.

“Yuksalish” harakati, “Search Uzbekistan” XNTning O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasiga start berildi

Xalqaro hamkorlik doirasida

5 fevral

 Agentlik  hamda AQSH Davlat  departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv;

9 fevral

Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida (onlayn) uchrashuv;

16-17 fevral

Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko‘magida Agentlik xodimlari uchun seminar tashkil etildi

17-fevral

Agentlik direktori A.Burxanov Konrad Adenauer jamg‘armasi A.Algermissen bilan uchrashdi

 22-27- fevral

Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif mobaynida:

BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki Halollik boshqarmasi va O‘g‘irlangan aktivlarni qaytarish tashabbusi (StAR) rahbariyati, AQSH Davlat departamenti, Nyu-York politsiyasi departamenti, Vashington Federal sudi, Berlin AQSH Odob-ahloq idorasi rahabariyatlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xalqaro hamkorlik hujjatlari

22-fevral

Agentlik hamda BMT Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi (OROLSI) o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

22 fevral

AOKAda mamlakatimiz korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida brifing o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yilning

yanvar oyidagi faoliyati 

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bilan bog‘liq tahliliy faoliyat

Turli sohalarda korrupsiya kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar aniqlash va tahlil qilish maqsadida olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan Prezidenti Administratsiyasi va boshqa tashkilotlarga 5 ta tahliliy maʼlumot kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

2023-yil yakunlari bo‘yicha 95 ta vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash ishlari amalga oshirildi

Quyidagi tashkilotlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi:

·        Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

·        O‘zbekiston Standartlar instituti 

Taʼlim (maktab va maktabgacha) va transport sohalarida “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Yuksalish” UH o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum tasdiqlandi

           Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar

39 ta holatda 16 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan davlat xaridlarini o‘rganish natijasida yuzasidan:

vazirlik-idoralarga 20 ta (11,3 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga jami 39 ta (16 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

Taqdimnomalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi

Murojaatlar bilan ishlash

Jami 450 ta murojaat kelib tushdi, shundan:

371 tasi ko‘rib chiqildi (3 tasi anonim deb topildi)

79 tasi ko‘rib chiqilmoqda

115 tasi ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan

51 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi

202 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik-idoralarga yo‘naltirildi

Eng ko‘p murojaatlar quyidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha kelib tushdi:

sud qarorlaridan noroziliklar 74 ta (16,4%);

prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar  va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 57 ta (12,6%);

noqonuniy tadbirkorlik masalasida 37 ta (8,2%);

kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 30 ta (6,6%);

yer masalasida 27 ta (6,0%);

sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari
va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 21 ta (4,7%);

tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
va huquqlarini himoya qilish masalasida 20 ta (4,4%);

 Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash bo‘yicha


21 ta vazirlik hamda barcha mahalliy davlat boshqaruvi organlarida qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasi o‘rganilib, yakuni bo‘yicha quyidagi vazirlik va viloyat hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi:

o   Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  

o   Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi  

o   Qishloq xo‘jaligi vazirligi  

o   Transport vazirligi  

o   Energetika vazirligi  

o   Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi  

o   Andijon viloyati

o   Namangan viloyati

Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘ztransgaz” AJda ochiqlikni taʼminlash sohasidagi ishlar holati o‘rganilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi

Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati bo‘yicha

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tanqidiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Milliy kengashining 12-sonli bayoni bilan tasdiqlandi.

31-yanvar

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida bo‘yicha

22-yanvar

Agentlik va BMT GJBning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv;

26-yanvar

Agentlik va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi rahbariyatlari o‘rtasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv;

29-yanvar

Agentlik vakillari va Jahon banki ekspertlari o‘rtasida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishga qaratilgan (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlar bilan imzolangan xalqaro hujjatlar

24-yanvar

Qatar Davlati Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi va Agentlik o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar dasturi imzolandi.

Xorijiy tajribani o‘rganish

22-27-yanvar

Agentlik vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida:  

·        Qatar Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi

·        Qatar Davlat audit byurosi

·        Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi rahbarlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yilning

oktabr oyidagi faoliyati natijalari

           Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bilan bog‘liq tahliliy faoliyat

Korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni  aniqlash maqsadida energetika, yo‘l qurilish, sog‘liqni saqlash, davlat xaridlari va taʼlim sohalarida o‘rganishlar olib borildi.

Hududlardagi o‘rganishlar

Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish borasida

Quyidagi vazirlik va idoralarda o‘rganishlar o‘tkazildi:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

Yoshlar ishlari agentligi;

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ;

“Turonbank” ATB, Din ishlari qo‘mitasi;

 Oliy attestatsiya komissiyasi;

  Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi. 

Quyidagi idora va tashkilotlarda Komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov (suhbat bosqichi) o‘tkazildi: 

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti;

Bank-moliya akademiyasi.  

Faoliyatini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazmagani uchun:

Andijon viloyati hokimligiga;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdimnomalar kiritildi. 

3-4 oktabr

Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyo – huquq ustuvorligi: ochiqlik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik” (CA TAEC) dasturi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun “Korrupsiyaning oldini olish va halollikni targ‘ib qilish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan:

Vazirlik, idoralarga 17 ta taqdimnoma kiritildi;

Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 3 ta so‘rovnoma;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 15 ta so‘rovnoma yuborildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida

Jami 275 ta murojaatdan:  

229 tasi ko‘rib chiqildi;

46 tasi ko‘rib chiqilmoqda;

9 tasi ijobiy hal etildi;

38 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi;

21 tasi murojaat ko‘rib chiqilib, tugatilgan;  

1 tasi anonim deb topildi;

160 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirildi.

“Call-markazi” – 1253ga kelib tushgan 173 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.  

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash yo‘nalishida

Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Andijon, Navoiy, Buxoro va Surxondaryo viloyati hokimliklari, viloyatlardagi tuman va shahar hokimliklari hamda vazirlik va idoralarning mazkur viloyatlardagi hududiy boshqarmalarida Ochiqlik indeksidagi natijalari hamda ochiqlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.

93 ta vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari monitoringdan o‘tkazildi;

13-oktabr

Oliy Majlis Senatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari uchun tashkil etilgan seminarda Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.  

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi. 

Jamoatchilik bilan aloqalar va Milliy kengash faoliyati bo‘yicha

4-oktabr

Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun YouthLed loyihasi doirasida "Korrupsiyaning ijtimoiy oqibatlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlari tizimi" mavzusiga bag‘ishlangan seminar mashg‘uloti; 

5-oktabr

 Surxondaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi;  

25-oktabr

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” mavzusidagi Milliy forumda Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida

18-oktabr

Agentlik va Jahon banki vakillari o‘rtasida deklaratsiya tizimi joriy etilishining tashkiliy masalalari bo‘yicha onlayn uchrashuv;  

23-oktabr

Agentlik vakillari va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Rivojlanishga ko‘maklashish qo‘mitasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv;

25-oktabr

Agentlik va Birlashgan Arab Amirliklarining Presight A (G42) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv;

25-oktabr

Qatar Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

25-sentabr - 4-oktabr

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH Davlat departamentining Xalqaro mehmon-yetakchilar dasturi (International Visitor Leadership Program)da ishtirok etdi.   

3-5 oktabr

O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbul harakatlar rejasi (“IHR”) 22-Monitoring yig‘ilishi va Boshqaruv guruhining 28-yig‘ilishida ishtirok etdi.

7-14-oktabr

O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlati va Misr Arab Respublikasiga tajriba almashish va idoralararo Memorandum imzolash maqsadida xizmat safari amalga oshirildi.

17-18-oktabr

Agentlik delegatsiyasi Pekin shahrida tashkil etilgan “Bir makon – bir yo‘l” 3-Xalqaro Forumida maʼruza bilan ishtirok etdi.

30-oktabrdan

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Jinoiy odil sudlov bilan korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv kursida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etmoqda. 

 

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGINING 2021-YIL APREL OYIDAGI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

Qonun loyihalari, davlat dasturlari va strategiyalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi 5-aprel kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosa olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi. Tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 2021-yil 26-apreldagi xat orqali taqdim etildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

3. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi o‘zbek va rus tillarida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy Majlis palatalarida muhokama qilish uchun yuborildi.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali kelib tushgan e’tirozlar va takliflar ko‘rib chiqilib, kelishmovchiliklar jadvali tayyorlandi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralarning bildirgan taklif va e’tirozlari o‘rganilib tegishli tartibda kelishmovchiliklar jadvali tayyorlandi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yi 3-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmon ilovasining 34-bandi ijrosini (Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish) ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 8-bandi, “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati, xususan, tizimda budjet mablag‘laridan foydalanish va qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.

O‘rganishlar Agentlik mas’ul xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasidan malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, «Korrupsiyasiz soha» loyihasi doirasida Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida amalga oshirilgan davlat xaridlari jarayoni o‘rganildi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar va 3-sonli klinik shifoxonalari xarid komissiyasi tomonidan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilganligi aniqlangan. Yuqoridagi muassasalardagi har ikkala tanlov qonun talablari buzilgan holda o‘tkazilganligi sababli, Agentlik taqdimnomasi asosida bekor qilingan.

Bundan tashqari, shifoxona bosh shifokorlari (xarid komissiyasi raisi) kelgusida shu kabi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1758-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Shuningdek, Samarqand viloyati Jomboy tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan davlat xaridlari jarayonini o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ogohlantirish kiritildi.

Davlat xaridlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari uchun Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Davlat xaridlari sohasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida o‘rganish o‘tkazish bo‘yicha Agentlik direktorining tegishli Farmoyishi qabul qilindi. Farmoyish ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish o‘tkazishga kirishildi.

Shuningdek, tijorat banklarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning chora-tadbirlar rejasi va takliflari ishlab chiqildi.

Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish, moliyaviy intizomni kuchaytirish, budjet daromadlarini oshirish, energiya resurslaridan qonuniy foydalanish masalalari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020-yil 30-noyabr kuni tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosining dastlabki sarhisobi o‘tkazildi.

2021-yil 28-30-aprel kunlari Agentlik mas’ul xodimlari va Hisob palatasi mutaxassislari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdilar.

Uning natijalari joriy yilning 30-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari T.Haydarov, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Umarov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Sohaviy o‘rganishlar yuzasidan

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning quyi tizimlarida o‘rganishlar yakunlandi. Xususan, vazirlik va uning quyi tizimida 2018-2020-yillarda 5033 ta qonun buzilishi, shuningdek aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalari uchun ajratilgan 154,4 mlrd. so‘m mablag‘lari maqsadsiz va samarasiz sarflanganligi aniqlangan. Vazirlik va uning quyi tizimlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilishga qaratilgan 15 ta taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilib, vazirlikka taqdimnoma kiritildi.

Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlarida o‘rganish tamomlanib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilishga qaratilgan 58 ta takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga taqdim qilindi. Aholining huquq-tartibot organlariga nisbatan munosabatini ifodalovchi 3 ta umumlashma tayyorlandi.

Energetika vazirligi tizimidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda o‘rganish tamomlandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha Energetika vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

Madaniyat vazirligi va uning hududiy bo‘limlarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishini Agentlik direktorining tegishli Farmoyishi asosida o‘rganishga kirishildi. 

Yashirin iqtisodiyot hamda korrupsiyaga qarshi “komplayens- nazorat” tizimini joriy etish borasida

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan Hisob palatasi bilan birgalikda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish yuzasidan 26 ta vazirlik va idoralarda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2020-yil 4-sentabrda tasdiqlangan.

Hozirda “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida boshqarma xodimlariga 26 ta vazirlik va idoralar taqsimot asosida biriktirilib, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan har oy yakunida tegishli vazirlik va idoralardan hisobotlar qabul qilinib, tahlil qilib borilmoqda.

Bundan tashqari, davlat organlari va ustav fondida davlat ulushi

50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirib borish tizimi joriy etilib, 1-bosqichda (joriy yilning aprel oyi davomida) vazirlik va idoralarning 36 nafar xodimlari Bosh prokuratura Akademiyasining qisqa muddatli onlayn kursida o‘qitildi. Hozirda, 2-bosqichda o‘qitish rejalashtirilgan vazirlik va idoralar xodimlarining ro‘yxati shakllantirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimi tarkibidagi korxonalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplayens-nazorat” bo‘limiga xodimlarni ishga olish bo‘yicha tashkil etilayotgan tanlov jarayonlarida onlayn ishtirok etilib, jarayon to‘liq nazorat qilib borilmoqda. Xususan, aprel oyi davomida Jamiyatning Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari uchun tanlov jarayonlari yakunlandi.

OAV bilan hamkorlik

Aprel oyi davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati, aholida korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan mavzularda ommaviy axborot vositalarida jami 165 marotaba chiqishlar tashkil etildi. Jumladan, 13 marotaba Agentlik faoliyatiga oid lavhalar davlat va xususiy telekanallarda yoritildi. 36 marotaba chiqishlar tashkil etildi. Agentlik faoliyatiga oid tadbirlar O‘zbekiston 24 radiosida 6 marotaba yoritildi.

Shu bilan birga “Hurriyat”, “O‘zbekiston ovozi”, “Darakchi” gazetalarida agentlik faoliyatiga oid maqolalar chop etildi:

Agentlikning o‘z veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi chiqishlari. Agentlik rasmiy anticorruption.uz veb-saytida o‘tgan vaqt davomida 29 ta xabar va yangiliklar e’lon qilindi.

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 19 ta, feysbukdagi rasmiy sahifasida 17 ta, Twitter 5 ta material joylashtirilgan.

Bundan tashqari agentlik tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan  foaoliyatni keng aholiga yetkazish maqsadida “Haftalik daydjest” tayyorlanmoqda va e’lon qilib borilmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tahlili

Agentlikka 2021-yil aprel oyida jami 479 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 416 tasi ko‘rib chiqilishi ta’minlangan (hozirda 63 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda). Shundan, 17 ta murojaat Agentlik rahbariyati tomonidan tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 59 tasi ijobiy hal etilgan, 73 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan, 9 ta murojaat anonim deb topilgan.

Murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha  10 ta taqdimnoma, 5 ta ogohlantirish, 46 ta so‘rovnomalar kiritilgan.

Natijada 1 ta qaror bekor qilingan, 1 nafar shaxsga ma’muriy ish va 1 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan,

1 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilingan,

2 ta tender natijalari bekor qilingan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlaridan noroziliklar va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir. Jumladan, aprel oyida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 67 ta (14,0%);

- yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotganligi bo‘yicha 42 ta (8,8%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 35 ta (7,3%);

- ta’limi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 34 ta (7,1%).  (jumladan: 27 ta Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha; 1 ta Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha; 6 ta Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha);

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 25 ta (5,2%);

- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha 25 ta (5,2%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 21 ta (4,4%);

- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 21 ta (4,4%);

- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 17 ta (3,5%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 17 ta (3,5%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 14 ta (2,3%);

- noqonuniy qurilishlar masalasida 14 ta (2,9%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 11 ta (2,3%);

- bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 10 ta (2,2%);

Shuningdek, mazmuniga ko‘ra Agentlikka muqaddam kelib tushmagan yangi masalalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan  murojaatlar qilinmoqda, jumladan, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganligi bo‘yicha kompensatsiya mablag‘larini undirishga amaliy yordam berishni so‘rab 13 ta (2,8%) murojaat qilingan.

Ular hududlar kesimida tahlil qilinganda Toshkent shahar 116 ta, Qashqadaryo 51 ta, Surxondaryo 42 ta, Toshkent viloyati bo‘yicha 39 ta, Samarqand 37 ta, Namangan 35 ta, Navoiy 27 ta, Xorazm 26 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar asosida o‘tkazilgan tadbir va o‘rganishlarni ayrim misollari: 

-   Fuqaro murojaati yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan so‘rovnomaga asosan Oltinsoy tumani 4-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, maktab mas’ullari tomonidan 2018-2020-yillar davomida o‘qituvchilar oyligidan jami 10,2 mln. so‘m pul mablag‘lari asossiz ushlab qolinib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Oltinsoy tumani 4-son umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari va boshqa mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 2-qismi“b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

- Toshkent shahar Chilonzor tumani, “2-Charx Kamolon” MFYda yashovchi fuqarolarning jamoaviy murojaatiga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomani ko‘rib chiqish natijasida, Chilonzor tumani, 144- va 148-uylar oralig‘ida “BALIQ SAVDO” MCHJ tomonidan ofis va omborxona binolarini qurish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020-yil 17-avgustdagi xulosasi bekor qilinib, qurilish ishlari to‘xtatilgan.

-   «Zara Sirun» MCHJ tomonidan Agentlikka yo‘llangan murojaatda Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi tomonidan uskunalarni texnik holati haqida xulosa taqdim qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilib, ishtirokchilarga raqobatlashuvda adolatsiz ustunlik berilganini bayon qilingan. Murojaat asosida Agentlik tomonidan tanlov hujjatlari o‘rganilib, natijasi bo‘yicha shifoxona xarid komissiyasiga tanlovni bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma shifoxona xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov natijalarini va avval tuzilgan shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qilingan.

-   «JFAR TRADING» MCHJ murojaati asosida Agentlik tomonidan 2021-yil 13-aprel kuni «Qizilqumgeologiya» AJ tomonidan ehtiyot qismlarni sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan auksion o‘rganildi. O‘rganish natijasida, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 9, 40 va 47-moddalari talablari buzilganligi sababli «Qizilqumgeologiya» AJga taqdimnoma kiritilgan.

-        «Law Proyect» advokatlik firmasi direktori U.Sharipov Agentlikka yo‘llagan murojaatida Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 92,4 mln. so‘mlik autsorsing xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilib, ishtirokchilarga raqobatlashuvda adolatsiz ustunlik berilganini bayon qilgan.

Murojaat asosida Agentlik tomonidan tanlov hujjatlari o‘rganilib, natijasi bo‘yicha shifoxona xarid komissiyasiga tanlovni bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma shifoxona xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov natijalarini va avval tuzilgan shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qilingan.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

Agentlik tomonidan 2021-yil aprel oyi davomida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi hamda qator masalalarda kelishuvlarga erishildi.

Xususan, 1 ta xalqaro anjuman o‘tkazildi, 2 ta Agentlik rahbariyati va 9 ta ekspert darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi:

2-aprel kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan Xalqaro maslahatlashuv yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur tadbirda 80 ga yaqin xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi.

13-aprel kuni Agentlik direktori Akmal Burxanovning Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi direktori A.Sitnik va Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi rahbari A.Novikovlar bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar Ukrainaning korrupsiyaning oldini olishdagi amaliyoti va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashriflarni amalga oshirish hamda hamkorlik asosida yaratish maqsadida uch tomonlama Memorandum loyihani ishlab chiqishga kelishdilar.

26-aprel kuni Agentlik direktorining donorlikni muvofiqlashtirish maqsadida bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilish yo‘nalishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha Donorlikni muvofiqlashtirish guruhini tuzish va bu masalada Agentlik tomonidan Guruh ishi konsepsiyasi tuzilishi hamda barcha tashkilotlar bilan ishlash rejalashtirilgan sohalar bo‘yicha jadval bilan birgalikda hamkor tashkilotlarga taqdim etilishini belgilandi.

Bundan tashqari aprel oyi davomida AQSHning Federal sud markazi xalqaro huquqiy aloqalar boshqarmasi, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari xalqaro assotsiatsiyasi, BMT Giyoxvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGINING FEVRAL OYIDAGI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

2021-yilning fevral oyi davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish, sohalardagi korrupsion xavf-xatarlarni o‘rganish, aholida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yo‘nalishlarida bir qator ishlar olib borildi.

Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariyuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Agentlik faoliyatining huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va korrupsion holatlar yuzasidan ma’lumotlar almashish, tezkor tadbirlar tashkil etish kabi masalalarni qamrab oluvchi “Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi belgilangan tartibda o‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kelishmovchiliklar jadvali tayyorlanib, Adliya vazirligiga yuborildi.

“Korrupsiyasiz soha” loyihalari va boshqa sohalar doirasidagi o‘rganishlar

1. Navoiy va Andijon viloyatlari hokimliklaridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. 

Aniqlanishicha, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan tanlov va tenderlarda affillanganlik holatlari mavjudligi, tanlov va tenderlarni o‘tkazish jarayonlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunosti normativ huquqiy-hujjatlar talablari buzilgan.

Shuningdek, foydalanishga topshirilgan binolarda nazorat o‘lchovi o‘tkazilganda qurilish obyektlarida belgilangan ishlarning yetarli bajarilmagani (kamomad) aniqlandi. Bundan tashqari 7 ta holatda sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan holda 9,6 mlrd. so‘mlik qurilish obyektlari moliyalashtirilganligi aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Bosh prokuraturaga yuborilgan so‘rovnomalar asosida 4 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2. Agentlik direktorining Farmoyishi asosida Suv xo‘jaligi vazirligi va uning quyi tizimlarida hamda ustavida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan suv xo‘jaligi sohasidagi davlat korxona, muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli baho berish yo‘nalishidagi ishlarning umumiy holati o‘rganildi.

Xususan, o‘rganishda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimidagi irrigatsiya bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan budjet hisobidan ajratilgan ish haqlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlandi. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan bo‘lib, o‘rganish yakuni bo‘yicha bo‘lim mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.   

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida vazirlikning quyi tizimlarida korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish Agentlikka yuklatildi. Shunga ko‘ra, Agentlik tomonidan Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlarida korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Jumladan, fevral oyi davomida Agentlik vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yilning 6-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator vazifalar yuklatilgan. Shu munosabat bilan, fevral oyi davomida Agentlik vakillari tomonidan joylardagi tibbiyot muassaslari, oilaviy poliklinikalarda tushuntirish va targ‘ibot ishlar olib borildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2021-yil fevral oyi davomida jami 491 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 404 tasining ko‘rib chiqilishi ta’minlangan (hozirda 87 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda).

Kelib tushgan murojaatlarining 29 tasi ijobiy hal etilgan, 61 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan, 18 ta murojaat anonim deb topilgan.

Murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 4 ta taqdimnoma, 1 ta ogohlantirish, 24 ta so‘rovnomalar kiritilgan.

Shundan 1 ta murojaat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 1 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 1 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Fevral oyida Agentlikka quyidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Jumladan, sud qarorlaridan noroziliklar 69 ta (14,1%), yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotganligi bo‘yicha 47 ta (9,6%), ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 44 ta (9,0%), prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 34 ta (6,9%), ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 30 ta (6,1%) va boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar kelib tushgan.

Ular hududlar kesimida tahlil qilinganda Toshkent shahri bo‘yicha 116 ta, Toshkent viloyati bo‘yicha 60 ta, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 57 ta, Samarqand viloyati bo‘yicha 53 ta, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 41 ta, Xorazm viloyati bo‘yicha 33 ta, Namangan viloyati bo‘yicha 24 ta, Jizzax viloyati bo‘yicha 22 ta, qolgan hududlardan esa jami 85 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar asosida o‘tkazilgan tadbir va o‘rganishlar

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro F.X. “Navoiy mulk markazi” MCHJ Navoiy filiali tomonidan “Xatirchi Agroservis MTP” MCHJ ustav fondidagi “Navoiy Agroservis MTP” MCHJga tegishli bo‘lgan ulushning sotilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasidan noroziligi haqidagi arizasi mazkur tanlov hujjatlarini chaqirib o‘rganish orqali ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida “Navoiy mulk markazi” MCHJ Navoiy filiali tomonidan o‘tkazilgan tanlov yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga to‘liq rioya qilinmay, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar so‘rovnoma shaklida qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro M.I.ni arizasida Shayxontohur tumani A.Qodiriy ko‘chasida avtobus to‘xtash bekatida olib borilayotgan qurilish (qayta ta’mirlash) ishlari belgilangan loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqilgan holda olib borilayotganligi haqidagi vajlari Agentlik tomonidan Qurilish vazirligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqilib, noqonuniy qurilish joyida bartaraf etilishi ta’minlandi. Shuningdek, belgilangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqib ketilgani sababli, Shayxontohur tuman hokimining 2020-yil 16-oktabrdagi 700-sonli qarori bekor qilindi. 

Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ish materiallarini chaqirish yo‘li bilan o‘rganilib, munosabat bildirilishi ta’minlandi. Masalan, Agentlik tomonidan fuqaro I.T.ning murojaati bo‘yicha jinoyat ishi hujjatlari o‘rganilganda, bir qator holatlar tergov yo‘li bilan tekshirilib, qonuniy baho berilmaganligi, aniqlanmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ish hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf qilish haqida so‘rovnoma kiritildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar hamda OAVlarida chiqishlar

Fevral oyi davomida Agentlik faoliyati, shuningdek, aholida korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan mavzularda ommaviy axborot vositalari orqali jami 103 marotaba chiqishlar tashkil etildi.

Jumladan, veb-saytlarda 31 marotaba agentlik haqida yangilik va maqolalar chop etilgan. Ularning aksariyati Agentlik va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlarga (Samarqand, Andijon) oid xabarlardir.

Shu bilan birga joylarda tashkil etilayotgan ichki ishlar organlari tizimidagi o‘rganishlar Ichki ishlar vazirligining rasmiy sayti va hududiy boshqarmalari saytida yoritib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat” mavzusida qisqa metrajli videoroliklar tayyorlanib, “O‘zbekiston kabel televideniyesi”, “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, “Toshkent” va hududlar TRKlari orqali efirga uzatildi. Shuningdek, respublika miqyosida shahar markazlari va aholi gavjum joylardagi elektron tablolarda targ‘ibot materiallari joylashtirildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil fevral oyi davomida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi hamda qator masalalarda kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Agentlik rahbariyati va vakillari ishtirokida 10 ga yaqin uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi, IHTT Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i rahbari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi masofaviy missiyasi, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy nazorat komissiyasi raisi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Buyuk Britaniya va Xitoy elchilari bilan uchrashuv davomida tegishli davlatlar vakolatli organlari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Jahon Banki, IHTT, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va USAID vakillari bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkilotlar ko‘magida rivojlantirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

22-fevral kuni Agentlik direktori Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasini Transparency International xalqaro nodavlat tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksidagi o‘rnini yaxshilash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Agentlik tomonidan quyidagilar amalga oshirilmoqda:

- BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini O‘zbekistonda amalga oshirilishi doirasida 2-bosqich obzorini o‘tkazish yuzasidan Konvensiya obzori doirasida baholash nazorat ro‘yxati (savolnoma) asosida tegishli vazirlik va idoralardan kerakli ma’lumotlar qabul qilinib, ularni umumlashtirish ishlari olib borilmoqda;

- O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund monitoringidan o‘tkazilishi yuzasidan metodologik o‘rganish va tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Ishtirokchi-davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari va ombudsmanlarining 4-yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan 2020-yilda tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning davlat organlari tomonidan yanvar-fevral oylarida amalga oshirilishi Agentlik tomonidan monitoring qilinib, tegishli ma’lumotlar asosida Milliy kengashga ma’lumotnoma tayyorlanmoqda.

Other sections