Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
3197 1001 For print

Yil yakunida poytaxtimizda "Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofotining topshirish marosimi o‘tkaziladi.

Mukofot 2015-yilda Qatar hukumati hamda BMT shafeligida Qatarda tashkil etilgan Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi tomonidan taʼsis etilgan hamda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xalqaro assotsiatsiyasining (IAACA) VIII konferensiyasida Qatar davlati rahbari Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan eʼlon qilingan.

Mukofotning asosiy maqsadi  dunyo bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunali va ilg‘or modellarni targ‘ib qilish hamda aholining xabardorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash va birdamlikni oshirishdan iborat.

Xalqaro mukofoti korrupsiyaga qarshi kurash sohasiga o‘zini bag‘ishlagan hamda mazkur yo‘nalishda ilg‘or yangiliklarni joriy etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.

G‘oliblar 5 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi:  

“Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi yutuqlari hamda uzoq yillik faoliyati uchun”;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi taʼlim va akademik tadqiqotlar uchun”;

“Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yoshlar tashabbuslari va ijodi uchun”;

“Innovatsiyalar va jurnalistik materiallar uchun”;

“Sportni korrupsiyadan himoya qilish”.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 14-30 sentyabr kunlari mazkur mukofotga hujjatlar qabul qilinishi maʼlum qilingan edi. Agentlik mazkur jarayonda mukofot va unga hujjat topshirish jarayonlari bo‘yicha metodik tavsiyalar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

3197 1001 For print

Other news

All news