Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
1639 264 For print

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yil yakunlari va 2026 yil ustuvor vazifalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.   

Yig‘ilishda Agentlik va Jamoatchilik kengashining 2025 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2026 yilning I yarim yilligiga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ikki uch marotaba bevosita Davlat rahbari ishtirokida muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Shu davrda sohada 5 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan  belgilab berilgan vazifalar doirasida Ishchi guruhlar tomonidan 14 ta hududdagi jami 97 ta tuman va shaharda sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, bank, kadastr va boshqa sohalarga oid 2 450 ta obyektda byurokratiya hamda maishiy korrupsiyaning kelib chiqish sabablari joyida o‘rganildi.

Hududlarda bittadan tuman-shaharni “Korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha, shuningdek, “Andijon tajribasi” asosida maishiy korrupsiyaga barham berish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini shakllantirishga qaratilgan “Yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.

Agentlik direktori va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan har hafta bittadan hududda, jami 208 ta tuman va shahardagi 400 dan ortiq obyektda topshiriqlar ijrosi o‘rganilib, masʼul shaxslarning hisobotlari eshitildi hamda ijrochilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Yig‘ilishda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda  jami 673,3 mlrd so‘mlik 192 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlangani qayd etildi. 666,6 mlrd so‘mlik 189 ta davlat xaridi bo‘yicha davlat buyurtmachilariga 117 ta taqdimnoma, 667,5 mlrd so‘mlik 166 ta davlat xaridi yuzasidan esa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 109 ta so‘rovnoma yuborildi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan 117 ta idora va tashkilotning ichki nazorat bo‘linmasi rahbarlari to‘liq yangilandi.

342 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi va ularning  65 foizida  yoki 221 tasida 499 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi F.Otaxonov kengashning 2025 yildagi faoliyati yuzasidan hisobotida qayd etishicha, mazkur davrda Kengash aʼzolari pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘rganish jarayonlarida, oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirishda faol ishtirok etdi. Jamoatchilik kengashlarining anʼanaviy Respublika forumi doirasida “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasida taqdirlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan 7 ta yo‘nalishdagi 26 ta banddan iborat vazifa va topshiriqlardan, 2025 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan 4 ta band ijrosi taʼminlandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son Farmoni bilan Agentlikning mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan maʼmuriy tartib-taomillarni raqamlashtirish, shu jumladan, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etishga masʼul bo‘lgan “Xavf-tahlil markazi” tashkil etildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borish topshirig‘i bo‘yicha 2025 yil davomida platformaning bazaviy o‘quv kurslarda 1 mln. 67 ming nafar maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, 3 mln. 146 ming nafar maktab o‘quvchilari va 62 275 nafar OTM talabalari o‘qitilgan bo‘lsa, maxsus o‘quv kurslarda 49 790 nafar davlat xizmatchilarining malakasi oshirilgan.

Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAVning korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bilim va malakasini oshirish vazifasi bo‘yicha 2025 yilda 34 ta amaliy mashg‘ulot va seminar-trening tadbirlari tashkil etilib, ushbu tadbirlarda 840 nafar jamoatchilik vakillarining ishtiroki taʼminlandi.

Yig‘ilish davomida Chora tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z munosabatini bildirildi.

Xususan, muhokamada so‘zga chiqqan O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Babadjanova chora-tadbirlar dasturida nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha belgilangan bandlarni alohida eʼtirof etib, ayniqsa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi bilimlarini oshirish uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish muhimligini qayd etdi.

“Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi direktori o‘rinbosari Foziljon Otaxonov tomonidan dasturining 16-bandi belgilangan Ilmiy daraja olish bilan bog‘liq jarayonlardagi korrupsiyaga imkon berayotgan omillarni bartaraf etish vazifasi haqiqatda ham dolzarb ekanligi, bugungi kunda, ayrim ilmiy ishlar talab darajasida emasligi, buning sababi bu jarayonlarga korrupsiya aralashganligi uchun ochiqliq-shaffoflikni taʼminlash va raqamlashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish kerakligi taklif etildi.

Yig‘ilishda Agentlik va Jamoatchilik kengashining 2026 yilning I yarim yilligiga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari xususida ham batafsil maʼlumot berildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

1639 264 For print

Other news

All news