Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
1047 104 For print

Buxoro viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar o’rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev Buxoro viloyatida “Yo‘l xaritasi” doirasidagi dastlabki ishlar bilan tanishdi.

Ishchi guruh Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish va yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish orqali korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha qilingan ishlarga e'tibor qaratdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek Ishchi guruh viloyat ichki ishlar boshqarmasining Situatsion-tahliliy markazida bo‘ldi.

Markaz ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan bo‘lib qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda yig‘iladi va qayta ishlanadi.

Ishchi guruh tomonidan bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar ma’lumotlarini integratsiya qilish orqali viloyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

O’rganish ishlari davom etmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

1047 104 For print

Other news

All news