O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati qabuli kunining ko‘chirilishi to‘g‘risida eʼlon

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan har oyning oxirgi juma kuni fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan. 2023-yil iyul oyining oxirgi jumasi (28-iyul kuni)ga belgilangan Agentlik direktorining qabuli joriy yilning 21-iyul kuniga ko‘chirilishini maʼlum qilamiz.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari 21-iyul kuni soat 11:00dan 13:00ga qadar Agentlik direktorining qabulida ishtirok etishlari mumkin.