Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining iyun oyidagi faoliyati natijalari 

17 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 14 tasida 19 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi.

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan:

- vazirlik idoralarga 14 ta (6,2 mlrd so‘mlik) qonunga  xilof tarzda o‘tkazilgan tenderlarni bekor qilish bo‘yicha taqdimnoma;

- davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 2 ta (2,8 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma;

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 9 ta (3,3 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.

Shuningdek: 

Ochiqlikka oid qonunchilik talablariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha (7 ta) taqdimnomalar kiritildi. 

Batafsil maʼlumot quyidagi infografikada:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

axborot xizmati