“2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan iborat ekologik targ‘ibot guruhlarini tashkil etish va ekologik targ‘ibot o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
“Ekofaol xodim”lari ro‘yxati
Umumxalq xayriya hasharida Agentlik jamoasi ham faol ishtirok etdi
Mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Agentlik jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sanalgan ushbu xayrli tadbirda Agentlik joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ko‘cha hamda yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash va oqlash ishlari amalga oshirildi.

Agentlik hududida yaratilgan ko‘rkam va mo‘jazgina bog‘ manzarali daraxt va gul ko‘chatlari bilan yanada boyitildi.

Obod yurtimiz fayzi, bunyodkor xalqimiz farovonligiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan bu kabi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini Agentlik jamoasi kelgusi faoliyatida ham davom ettiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati