Sizningcha, qurilish sohasining qaysi yo‘nalishida korrupsiyaviy xavflar yuqori?
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihasi doirasida sohada mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida anonim so‘rov o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, sohada mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni Agentlikning quyidagi @antikor_aloqa, info@anticorruption.uz elektron manzillariga yo‘llashingiz yoki 1253 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilib qoldirishingiz mumkin.
Tahlillar natijasiga ko'ra va bildirilgan har bir taklifni muhokama qilish maqsadida Agentlik hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va jamoatchilik ishtirokida uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan.
Barchani mazkur so‘rovnomada ishtirok etish, shuningdek, o’z takliflaringiz orqali ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish jarayoniga faol hissa qo‘shishga chaqiramiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati