“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Namangan viloyatida o'rganish o'tkazildi
Joriy yilning 8-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyatida o‘ziga biriktirilgan mahallalar faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish ishlari hamda hududda infratuzilmani rivojlantirish holatini o'rgandi.


Dastlab mahalla yettiligining faoliyati, yoshlar daftari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki yo'llarning ta'mirlanishi, elektr tarmoqarini tortish ishlari bilan tanishildi.


Shuningdek, mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbat tashkil qilinib, ularning taklif va murojaatlari, muammolari tinglandi.


Mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati