Agentlikda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida xodimlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Qiziqarli va bahslarga boy o‘tgan o‘yin davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash qobiliyatini namoyon etdi.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar alohida e’tirof etildi.

Bu kabi intellektual o‘yinlar xodimlar o‘rtasida bilim almashish, fikrlash doirasini kengaytirish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati